Oliy va kasbiy ta’lim tizimida inklyuziv muhit masalalari jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi
22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlik mas’ul xodimlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalari vakillari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Institutimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori U.X.Bo‘tayev onlayn qatnashdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/49379