“O‘zbek qadriyatlari — buvijonlar talqinida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Mazkur tadbirda fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi X. Qo‘lbosheva, guruh tyutori K. Sohibova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori N. Ro‘zimurodova hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan milliy qadriyatlar va urf-odatlar, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rni, ularning tarbiyadagi beqiyos hissasi haqida muhim fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/53705