“Payshanba — yoshlar kuni”: Uzun tumani bitiruvchi yoshlari bilan bandlik uchrashuvi

“Payshanba — yoshlar kuni”: Uzun tumani bitiruvchi yoshlari bilan bandlik uchrashuvi

“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida Uzun tumani bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Unda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov, tuman IIB boshlig‘i O‘ktam Mustafoqulov, institut rektori Oybek Ro‘ziyev hamda tuman tashkilot va korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv mehnat yarmarkasi shaklida o‘tkazilib, unda 100 nafarga yaqin uzunlik bitiruvchi yoshlar qatnashdi. Tadbir davomida tuman mas’ullari tomonidan mavjud 320 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari yoshlarga taklif etildi. Eng quvonarlisi, ayrim yoshlar shu yerning o‘zida ish bilan ta’minlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Uzun.uz Facebook Telegram Youtube instagram

“Payshanba — yoshlar kuni”: Uzun tumani bitiruvchi yoshlari bilan bandlik uchrashuvi

“Payshanba — yoshlar kuni”: Uzun tumani bitiruvchi yoshlari bilan bandlik uchrashuvi

“Payshanba — yoshlar kuni”: Uzun tumani bitiruvchi yoshlari bilan bandlik uchrashuvi

Manba: t.me/dtpi_uz/54086

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish