Pedagogika fakulteti kafedra mudiri Turkiyaning IKSAD instituti, Duzce va Selcuk universitetlarida
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) R.V.Salomova ayni kunlarda Turkiya davlatida safarda bo‘lib turibdi. Turkiyaning mashhur IKSAD instituti, Duzce, Selcuk universitetlariga tashrif buyurib, keng doiradagi uchrashuvlar va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari loyihalarini tasdiqlash, IKSAD instituti va Selcuk universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash, fakultetlararo akademik mobillikni joriy etish, onlayn seminar va konferensiyalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham asosiy maqsad va vazifalar etib belgilangan.
Xalqaro doiradagi uchrashuvlar davom etmoqda.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/37107