Pedagogika fakulteti Uzun tumani politexnikumida muntazam mahorat darslari o‘tkazmoqda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Uzun tuman 2-son politexnikumi bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Shu munosabat bilan Pedagogika fakulteti jamoasi har hafta politexnikumga tashrif buyurib, mahorat darslari tashkil etib kelmoqda.
Xususan, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) D.Boboqulova, kafedra o‘qituvchilari N.Donayeva va F.Odinaboboyevlar politexnikum o‘qituvchilariga ‘‘Inklyuziv ta’lim’’ mavzusida mahorat darsi va o‘quvchilarga kasbga yo‘naltirish yuzasidan psixologik trening o‘tdilar.
Shuningdek, tashrif davomida O‘IBDO‘ Sh.A.Toshev, Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.U.Tilyakova, psixolog R.N.Eshboyevalar bilan hamkorlik, metodik ko‘mak va o‘quvchilar psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari xususida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/35138