Pedagogika fakultetida talaba qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi

Pedagogika fakultetida talaba qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 26-yanvar kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti 1-kurs talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Jarayonda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi I.Elmurodova tomonidan talaba-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, shaxsiy rivoji, kiyinish odobi, ijtimoiy mas’uliyati hamda hayotiy qarashlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida psixolog R.Xo‘shboqov, tyutor A.Xudoykulovlar tomonidan talaba-qizlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning hayotiy muammolari, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklari va psixologik holatlari yuzasidan fikr almashildi.

Pedagogika fakultetida talaba qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi

Manba: t.me/dtpi_uz/50278

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish