Professor-o‘qituvchilarimiz Turkiyada malaka oshirmoqdalar
Xabar berganimizdek, institutimizning 15 nafar malakali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning nufuzli Fırat universitetiga (Elazıg‘ shahri) tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida yetib borishgan edi.
Safar tafsilotlari:
Guruh a’zolari universitetning Eg‘itim Fakültesi (Ta’lim fakulteti) dekani bilan uchrashib, kelgusidagi ilmiy va pedagogik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Reja asosida dars mashg‘ulotlari va seminar-treninglar boshlandi. O‘qituvchilarimiz zamonaviy ta’lim metodikalari hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishmoqda.
Safar doirasida mazkur oliygohda talaba almashinuvi dasturi asosida tahsil olayotgan 4 nafar talabamiz bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Ularning o‘qish va yashash sharoitlari o‘rganildi.
Malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda. Safar tafsilotlarini kanalimizda kuzatib boring!



Manba: t.me/dtpi_uz/49849