“Qizlarning sarishtasi — uyning farishtasi” mavzusida davra suhbati
2025-yil 23-sentyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida “Qizlarning sarishtasi — uyning farishtasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-qizlarga tozalik va orastalikga rioya qilish, uy va xona sharoitida saranjom-sarishta bo‘lish, gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kabi muhim jihatlar haqida tushunchalar berildi. Ayniqsa, xonalarni toza tutish, ovqatlanish madaniyatiga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.


Manba: t.me/dtpi_uz/44509