Raqamli iqtisodiyot kafedrasining xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lidagi muhim qadami
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari — iqtisod fanlari nomzodi, dotsent K.U. To‘raboyeva, professor O‘.D.Rajabov hamda PhD N.M.Eshqobilovalar Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Tojikiston Respublikasining innovatsion iqtisodiyotga o‘tishi sharoitida sanoatlashtirishni jadal rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining dolzarb ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, raqamli iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish va zamonaviy iqtisodiy jarayonlarga oid ilmiy qarashlarini taqdim etdilar.



Manba: t.me/dtpi_uz/57055