Rektor va talaba-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot

Rektor va talaba-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot

Kuni kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev 1-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv jarayonida soha prorektorlari, mas’ullar va talaba qizlar ishtirok etishdi. Jarayon davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi yangiliklar, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy muloqot davomida talaba-qizlarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Talabalar turar joyida yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va har tomonlama kamol topishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Institut rektori talabalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish muhimligini ta’kidladi.

Rektor va talaba-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot

Rektor va talaba-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot

Rektor va talaba-qizlar o‘rtasida ochiq muloqot

Manba: t.me/dtpi_uz/63321

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish