Rektor va yoshlar: ochiq muloqot va sayyor qabullarda talabalar murojaatlari tinglandi
REKTOR VA YOShLAR O‘RTASIDA OChIQ MULOQOT
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev tomonidan 3–4-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi.
Rektor talabalar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarga alohida e’tibor qaratib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga bevosita yechim topish hamda institut rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Institut rektori O.A.Ruziyev tomonidan kompyuter injiniringi yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida rektor Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilarining ilmiy ishlari haqida so‘zlab o‘tdi.
Shuningdek, talabalarga kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularni ilm-fan va amaliyotda qo‘llash yo‘llari haqida ma’lumot berildi. Suhbat chog‘ida «Kelajakka qadam» markazi orqali ajratilishi mumkin bo‘lgan kreditlar, ulardan foydalanish tartibi va imkoniyatlari haqida batafsil tushuncha berildi.
Bundan tashqari, talabalar bandligini ta’minlash, ularning darsdan bosh vaqtlarida foydali va daromadli tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda institutda bu borada yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Rektor talabalar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga alohida e‘tibor qaratib, ularni o‘rganish va hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUROJAATLAR TINGLANDI, TAKLIFLAR O‘RGANILDI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda institut rektori O. Ruziyev, mas’ul prorektorlar hamda tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirok etib, talabalar va ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
Muloqot davomida talaba-yoshlar tomonidan ta’lim sifati va jarayoni, talabalar turar joyi, ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, ijtimoiy-maishiy masalalar, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda institut rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





