Rektor xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Rektor xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonidagi imkoniyatlar hamda ularning O‘zbekistondagi talabalik hayotini yanada mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda rektor xorijlik talabalarni institut hayotida faol ishtirok etishga, ilmiy va madaniy tadbirlarda qatnashishga chaqirdi. Shuningdek, institutda zamonaviy o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, sport inshootlari hamda talabalar uchun qulay ta’lim muhiti yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Suhbat davomida xorijlik talabalar uchun tashkil etilayotgan bepul o‘zbek tili kurslari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Rektor O.A.Ruziyev institut rahbariyati xorijlik talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Rektor xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Rektor xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Manba: dtpi.uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish