RUDN bilan hamkorlikda rus tili sertifikatlash markazi ochildi
Bugun institutimiz raqamli axborot markazida RUDN bilan hamkorlikda rus tili fani o‘qituvchilarining bilim darajasini aniqlash va sertifikatlash markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda institutimiz rektori O.A.Ro‘ziyev, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va rus tili kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Markaz Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan ochildi. Maqsad—o‘qituvchi va talabalarning rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish.
Uylaymizki, yangi ochilgan markaz nafaqat institutimiz va tumanimiz, balki viloyatimizdagi barcha rus tili fani o‘qituvchilarining bilimlarini kengaytirish va rag‘batlantirishga munosib hissasini qo‘shadi.




Manba: dtpi.uz