Rus va ingliz tili fanlaridan xalqaro olimpiada
Bugun Rossiya Federatsiyasi N.Dobrolyubov nomli lingvistika universiteti bilan hamkorlikda xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Olimpiadada filologiya fakulteti rus va ingliz tili bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari olimpiadani yuqori saviyada tashkil etdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.N.Allayarova tadbirni ochib, barcha ishtirokchilarga omadlar tiladi hamda olimpiadaning bitiruvchilar kelajagi uchun xizmat qilajagini ta’kidlab o‘tdi.
Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni N.Dobrolyubov nomli lingvistika universiteti tomonidan ta’limni magistratura yo‘nalishida davom ettirish huquqini beradigan 10 ta davlat granti kutmoqda.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/32841