"Sog‘lom oila – sog‘lom millat" shiori ostida voleybol musobaqasi

"Sog‘lom oila – sog‘lom millat" shiori ostida voleybol musobaqasi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Sog‘lom oila – sog‘lom millat” shiori ostida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport tadbirida tumanimizdagi faol va iqtidorli ayollar jamoalari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Musobaqa do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.

Bu kabi sport tadbirlari xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom hayot sari yetaklash, shuningdek, jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lomlik va jamoaviylik ruhini ulashdi. Shu orqali yana bir bor sog‘lom jamiyat – sog‘lom ayoldan boshlanishi isbotlandi.

Sog'lom oila – sog'lom millat shiori ostida voleybol musobaqasi

Sog'lom oila – sog'lom millat shiori ostida voleybol musobaqasi

Sog'lom oila – sog'lom millat shiori ostida voleybol musobaqasi

Manba: t.me/dtpi_uz/40266

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish