Sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik – millat genafondi va kamoloti garovi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Xasanova, institut profilaktika inspektori S.Suvonova va Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori A.Bobonazarovlar ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik – millat genafondi va kamoloti garovi” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Darsda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va uning jamiyatning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida keng muhokama qilindi. Ma’ruzachilar sog‘lom turmush tarzini nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va ruhiy salomatlikni ham o‘z ichiga olgan, har tomonlama rivojlanishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlashdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/35809