“Startaplar klubi” va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha seminar

“Startaplar klubi” va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha seminar

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Startaplar klubi” faoliyatini tashkil etish va innovatsion ishlanmalarni real iqtisodiyotga joriy etish” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Institut rektori O.Ruziyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Sattorov hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Jurayevlar ishtirok etdilar va ma’ruza qildilar.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan institutning iqtidorli talabalariga muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuncha va ma’lumotlar berildi. Seminar o‘zaro muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tdi.

Talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish jarayonlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil va atroflicha javoblar oldilar.

“Startaplar klubi” va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha seminar

“Startaplar klubi” va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha seminar

“Startaplar klubi” va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha seminar

Manba: t.me/dtpi_uz/58520

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish