“Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasi
Qirg‘iziston Respublikasining Osh shahrida qirg‘iz yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida joriy yilning 25–26-iyun kunlari “Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro tadbirda DTPI delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Institutimiz rektori O.Ruziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R.Shukurov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J.Chorievlardan iborat delegatsiya a’zolari mazkur tadbirning birinchi kunida targ‘ibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etdilar.
Xalqaro tadbirning tantali ochilish marosimida institutimiz rektori so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvafaqqiyatlar tiladi.
Xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.



Manba: t.me/dtpi_uz/57517