Sun’iy intellekt rivoji muhokama qilindi
Bugun institut rektori Oybek Abdumo‘minovich Ruziyev Prezidentimiz topshirig‘iga asosan sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari yuzasidan “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini kengaytirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Rektor institutda sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil etish, o‘qituvchilarni xalqaro tajriba asosida malakasini oshirish, shuningdek, Coursera, EdX, Udemy kabi platformalar orqali o‘qituvchilar va talabalarning bilimini boyitish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida kafedra jamoasiga sun’iy intellekt sohasida amaliy loyihalar ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga ilg‘or raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
DTPI Matbuot xizmati


Manba: t.me/dtpi_uz/46209