Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida fakultet tyutorlari tashabbusi bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Sattorov bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning iqtidor va tashabbuskorlik salohiyatini yanada rivojlantirish, hamda ilmiy loyihalarda faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
I.Sattorov talabalar uchun ilmiy faoliyatning ahamiyati, grantlarda ishtirok etish tartiblari, ilmiy maqolalar tayyorlash jarayoni va yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar haqida takliflar bildirildi.
Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tib, talabalar uchun ilmiy izlanishlar sari yangi turtki bo‘ldi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/46730