Talaba qizlar bilan profilaktik va psixologik suhbat

Talaba qizlar bilan profilaktik va psixologik suhbat

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba qizlar ishtirokida Institut profilaktika katta inspektori O.Toshtemirov hamda psixolog R.Xo‘shboqovlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va psixologik yo‘nalishda suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuvda talaba qizlarning huquqiy ongi, shaxsiy xavfsizligi, psixologik barqarorligi va ijtimoiy muhitga moslashuvi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalar yuzasidan hamda Ichki ishlar organlarining “Mening inspektorim” mobil ilovasi haqida tushuntirish berilib, davra suhbatlari olib borildi.

Talaba qizlar bilan profilaktik va psixologik suhbat

Manba: t.me/dtpi_uz/50248

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish