Talaba-qizlar salomatligini asrashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Talaba-qizlar salomatligini asrashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 1-Talabalar turar joyida talaba-qizlar va soha mutaxassislari ishtirokida «Bosh miya insulti: xavf omillari va uning oldini olish chora-tadbirlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Xasanova kirish so‘zi bilan ochib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning salomatligini asrash va jismoniy-ruhiy salomatlikka mas’uliyat bilan yondashish muhimligini alohida ta’kidladi. Muloqot davomida salomatlik inson hayotidagi eng ulkan boylik ekanligi, to‘g‘ri ovqatlanish, kundalik jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena va zararli odatlardan voz kechish hayotiy zarurat ekanligi haqida fikr almashildi.

Shuningdek, shifokor U.Safarova bosh miya qon-tomir kasalliklarining yuzaga kelish sabablari, xavf omillari va ularning oqibatlari xususida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuvda har qanday kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi talabalar e’tiboriga yetkazildi.

Talaba-qizlar salomatligini asrashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Talaba-qizlar salomatligini asrashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Talaba-qizlar salomatligini asrashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Manba: t.me/dtpi_uz/60730

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish