Talabalar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish yo‘lida muhim qadam
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 3–4-sonli talabalar turar joylarida hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Pedagogika fakulteti koordinatori Asadbek Atabayev tashabbusi bilan talabalar kinoteatri faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, zararli illatlar va turli yot oqimlarning oldini olish maqsadida mazmunli kino namoyishi o‘tkazildi.
Film davomida talabalar zararli odatlarning inson hayotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Zero, sog‘lom fikr — sog‘lom jamiyat poydevoridir!



Manba: t.me/dtpi_uz/52393