Talabalar xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Talabalar xavfsizligi oyligi munosabati bilan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut profilaktika inspektori S. Suvanova, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Nabiyeva, shuningdek, Filologiya fakulteti tyutorlari D. Ahmedova, F. Toshboyeva, Z. Beknazarov va Q. Boysariyevlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Davra suhbati "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari hamda ulardan himoyalanish yo‘llari" mavzusida ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Unda ishtirokchilar ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni turli salbiy holatlardan ogoh etish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.


Manba: t.me/dtpi_uz/45001