Termizda BMT TD bilan hamkorlikda seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz xalqaro savdo markazida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi loyihalarni samarali amalga oshirishni tashkil qilish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening BMT TDning malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari ham ishtirok etishdi va hamkorlikdagi loyihalarni samarali tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/44409