Texas Tech University professori DTPIda: qo‘shma tadqiqotlar muhokama qilindi
Bugun Texas texnologiya universiteti biotexnologiya professori Raviprakash Dani Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetiga tashrif buyurdi.
Professor Dani dastlab institut rektori O.A. Ruziyev bilan uchrashib, ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollari, xususan, qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Shundan so‘ng professor fakultet jamoasi bilan uchrashib, o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida Raviprakash Dani DTPIning xalqaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuksak e’tirof etdi.
Mazkur tashrif DTPI va Texas Tech University o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda ta’lim dasturlarini rivojlantirish sari muhim qadam bo‘ldi.






Manba: dtpi.uz