Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida rektorlar uchrashuvi

Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida rektorlar uchrashuvi

Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining samimiy qabul marosimi

2026-yil 12-mart kuni Tojikiston Xalqaro Turizm va Tadbirkorlik Universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya uchun iliq va samimiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur delegatsiya Tojikiston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Tojikistonga tashrif buyurgan edi. Mehmonlarni universitet rahbariyati milliy urf-odatlar asosida kutib oldi.

Uchrashuv davomida Tojikiston Xalqaro Turizm va Tadbirkorlik Universiteti rektori, professor Asrorzoda Ubaydullo Sattor mehmonlarga universitetning ta’limiy, ilmiy va infratuzilmaviy imkoniyatlari hamda salohiyatini tanishtirdi. Shuningdek, turizm, tadbirkorlik, iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mintaqa mamlakatlari, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida 2026-yil 14–18-aprel kunlari Tojikiston Xalqaro Turizm va Tadbirkorlik Universitetida Tojikiston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: Yashil. Raqamli. Aqlli” mavzusidagi xalqaro forum haqida ham ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif doirasida Tojikiston Xalqaro Turizm va Tadbirkorlik Universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasining bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, universitetning tarkibiy tuzilmalari va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ham bir qator hamkorlik shartnomalari imzolandi, jumladan:

Tojikiston Xalqaro Turizm va Tadbirkorlik Universitetining Dang‘ara xalqaro instituti hamda Samarqand ekologiya iqtisodiyoti va xizmat ko‘rsatish instituti o‘rtasida;

Levakant xalqaro instituti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida;

Xo‘jand xalqaro instituti hamda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti o‘rtasida;

Turizm akademiyasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida;

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt instituti hamda Buxoro davlat texnika universiteti o‘rtasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya instituti hamda Namangan davlat universiteti o‘rtasida;

Turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari malakasini oshirish respublika instituti hamda Buxoro texnika universiteti o‘rtasida.

Ta’kidlanishicha, imzolangan shartnomalarni amalga oshirish qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda imzolangan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, bunday tashabbuslarni Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadilar.

Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida rektorlar uchrashuvi

Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida rektorlar uchrashuvi

Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida rektorlar uchrashuvi

Manba: t.me/dtpi_uz/52689

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish