Toza qo‘llar – sog‘lom hayot garovi
Joriy yilning 8-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga asosan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan “Toza qo‘llar – sog‘lom hayot garovi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Sodiqova va "Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari" kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida sog‘lom turmush tarzi asoslari, shaxsiy gigiyena qoidalari haqida ma’lumotlar berilib, qo‘l yuvish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, kasalliklarning oldini olish va organizmning kuchli bo‘lib o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi uqtirildi.
DTPI matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/45186