TTJdagi talaba-qizlar bilan huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha davra suhbati
Joriy yilning 26-yanvar kuni 1-sonli TTJda yashovchi 2-qavat qizlari bilan “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida ishtirok etgan tuman IIB xotin-qizlar bo‘yicha inspektori, kapitan G.Elmurodova, leytenant S. Suvonovalar bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, jumladan giyohvandlik, o‘g‘irlik, tovlamachilik kabi turlarining soni ko‘payib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng qizlarning xonalari tozaligi, umumiy foydalanish xonalarining holati o‘rganildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram


Manba: t.me/dtpi_uz/32035