Universiti Utara Malaysia bilan qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv muhokama qilindi
Utara Universiteti (Malayziya) bilan Webex orqali o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda hamkorlik shartnomasi doirasida akademik mobillik, ilmiy almashinuv va qo‘shma tadqiqotlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i B.Tog‘ayev, kafedra mudirlari M.Sobirjanova va B.Sodiqova ishtirok etdi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni boshlash, talaba va o‘qituvchilar almashuvi, qo‘shma loyihalar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bu DTPIning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi izchil sa’y-harakatlaridan biridir.


Manba: dtpi.uz