UPI professori “Inklyuziv ta’limda sun’iy intellekt va yordamchi texnologiyalar” mavzusida dars o‘tdi
Pedagogika fakultetiga tashrif buyurgan UPI professori Deni Darmawan Pedagogika va psixologiya kafedrasi faoliyati bilan tanishdi va Pedagogika yo‘nalishi 3-kurs 11-P-2023 guruhida “Inklyuziv ta’limda sun’iy intellekt va yordamchi texnologiyalarning o‘rni ” mavzusida dars tashkil etildi.
Jarayonda mavzu yuzasidan jahon ta’lim tizimida, xususan, Indoneziya ta’limida bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, so‘nggi yangiliklar va erishilgan yutuqlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Professor tomonidan mavzu bo‘yicha yangi taklif va bilimlar berildi, talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va fakultet talabalari uchun unutilmas jarayonlardan biriga aylandi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55132