Xalqaro hamkorlikning yangi qirralari
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Janubiy Koreyaning Sejong universiteti professori Otabek Jurayev va Iroda Mukhammadieva tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishib, Sejong maktabini tashkil etish hamda bitiruvchi kurs talabalarini magistratura va PhD bosqichlariga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik institutimiz talabalariga xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yangi eshiklarni ochadi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/33930