Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni: talabalar tuman hokimligidagi “Ochiq eshiklar kuni”da
Denov tumani hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi
Bugun Denov tumani hokimligida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutning talaba yoshlari uchun “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Denov tumani hokimligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" hamda hokimlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari Farhod Rasulov tomonidan yoshlarga hokimlik tizimi va xodimlar faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Tadbir yakunida hokimlik majlislar zalida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan yoshlarning "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish" bo‘yicha fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
gov.uz/denov
Telegram Instagram Facebook YouTube



Manba: t.me/dtpi_uz/48047