Xorijda qonuniy ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi
Tadbir Migratsiya agentligining Surxondaryo hududiy filiali hamda Workline XBA, Morawork XBA, Bestwill XBA va JobBridge XBA hamkorligida tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida fuqarolarga Niderlandiya, Latviya, Bolgariya, Slovakiya, Liviya, Estoniya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Gruziya, Belarus, Xorvatiya, Italiya va Isroil davlatlarida mavjud 6 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Tadbir davomida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ish beruvchilar va mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



Manba: t.me/dtpi_uz/59993