Xotin-qizlar kengashi maktab-internat o‘quvchilariga “Ekologik muammolar: bugun va ertaga” darsini o‘tdi
Joriy yilning 5-dekabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari Denov tuman 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligini saqlash texnikumi o‘quvchilari bilan "Ekologik muammolar: bugun va ertaga" va "Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga ekologik madaniyat, ekologiyani asrab-avaylash haqida ma’lumotlar berildi. Shu jumladan statistik ma’lumotlar asosida bugungi kunda dunyodagi global ekologik vaziyat haqida keng ma’lumotlar berib o‘tildi. Kelajak avlod uchun go‘zal tabiatimiz asrab avaylashimiz yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/48929