Xotin-qizlar kengashi raisi Buxoroda Turkiya–O‘zbekiston xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi raisi, institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Xasanova Buxoro davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Mazkur nufuzli anjuman Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni maqsad qiladi. Tadbir davomida oilaga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganildi va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Konferensiya O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish hamda jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etdi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/47684