Yaponiyaning JICA agentligi bilan “Bir mahalla – bir mahsulot” bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi
🇯🇵 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Bir mahalla – bir mahsulot” loyihasi rahbari Yuki Kawada xonim Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Loyiha rahbarini institutimiz rektori Oybek Ro‘ziyev rahbarligida mutasaddilar kutib olishdi.
Tashrif davomida institutimizda talabalarning puxta bilim olishlari maqsadida yaratilgan sharoitlar tushuntirildi.
Sharof Rashidov ko‘chasi uy manzilida joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralar tanishtirildi.






Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)