“Yevropa Ittifoqi — Tabassum” loyihasi: gender tengligi bo‘yicha trening
Bugun Denov tumani hokimligi majlislar zalida tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining yosh xodimlari va blogerlar ishtirokida "Evropa Ittifoqi Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi bilan “Taskin” xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish markazi, DTPI bilan hamkorlikda amalga oshiriyotgan “Taskin: gender tenglik targ‘iboti” loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Trening ishtirokchilari tadbir qiziqarli bo‘lganligini, gender steriotiplari nima? Uning jamiyatda ayollarning roliga salbiy oqibatlari, gender dezinformatsiya nima? Uning hozirgi kunda dolzarbligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
DTPI Matbuot xizmati

Manba: t.me/dtpi_uz/42814