“Yil ayoli” milliy tanlovi g‘oliblari tuman bosqichida taqdirlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, ibratli va har tomonlama namunali xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘layotgan hamda o‘z faoliyat yuritayotgan sohasi nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Mazkur milliy tanlovning tuman bosqichida 10 ta nominatsiya bo‘yicha 21 nafar ishtirokchi qatnashdi. G‘oliblar quyidagilar bo‘ldi:
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tumani ichki ishlar bo‘limi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i Jumaeva Sadbaroy Ahatovna.
“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yaqubova Dilorom Tojiyevna.
“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — “Yasmina” oilaviy korxonasi rahbari Toshbutaeva Nargiza Abdurahmon qizi.
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Saidova Nilufar Jumaydullayevna.
“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti psixologi Holmuminova Dilshoda Toshpo‘latovna.
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix va falsafa kafedrasi dotsenti, Xotin-qizlar maslahatchi kengashi raisi Hasanova Nodira Ibragimovna.
“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tumanidagi Yangiqishloq mahallasi aholisi Berdieva U‘giloy Ashurovna.
“Yilning eng jonkuvar ustoz ayoli” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Umumiy biologiya kafedrasi v.b. dotsenti Sodiqova Dilfuza G‘afforovna.
“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tuman sport maktabi murabbiyi Qurbonova Munisa Mamarajabovna.
“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi g‘olibi — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shaymardonova Nigora Qurbonovna.
G‘oliblar tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
gov.uz/denov
Telegram Instagram Facebook YouTube



Manba: t.me/dtpi_uz/46490