“Yil ayoli” milliy tanlovi g‘oliblari viloyat bosqichida taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy hayotda faol, tashabbuskor hamda o‘zining ibratli fazilatlari bilan ajralib turadigan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Tanlovning tuman va viloyat bosqichlari yakunlariga ko‘ra, joriy yilda ikki nominatsiya bo‘yicha ikki nafar ishtirokchi respublika bosqichiga tavsiya etildi.
Shulardan biri — “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti "Tarix va falsafa" kafedrasi dotsenti, Xotin-qizlar maslahatchi kengashi raisi Hasanova Nodira Ibragimovnadir.
G‘oliblar viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.



Manba: t.me/dtpi_uz/48700