Yosh tadqiqotchi A. Bolliyev respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, faol yosh tadqiqotchi Bolliyev Asliddin Tursunmamatovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Renessans” ilmiy-matbuot markazlari hamda “Sharq nashr” nashriyoti tomonidan tashkil etilgan “Renessans bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida munosib ishtirok etib, “Renessans Bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yana bir amaliy natijasidir. Konferensiya doirasida turli yo‘nalishdagi ilmiy maqolalar va ijodiy ishlar taqdim etildi hamda eng munosib ishtirokchilar taqdirlandi.
Bolliyev Asliddin Tursunmamatovichning ushbu yutug‘i institut jamoasi uchun ham katta faxr hisoblanib, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!



Manba: t.me/dtpi_uz/56649