Yoshlar akademiyasi: startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi bosqich
Institutimizda Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish, institut va fakultet liderlarini tayinlash, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Juraev va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Sattorov talabalarimizga akademiya faoliyati haqida batafsil tushuncha berib o‘tdilar.
Institut va fakultet liderlariga nomzod talaba-yoshlarning taqdimotlari tinglanib, bir qancha tashabbuskor va faol talabalar Yoshlar akademiyasi jamoasiga qabul qilindi.
Bu safar institutimiz yoshlari uchun yangi imkoniyatlar, ijodiy g‘oyalar va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishga keng yo‘l ochiladi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/44709