"Yoshlar – davlat fuqarolik xizmati kelajagi" mavzusida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

"Yoshlar – davlat fuqarolik xizmati kelajagi" mavzusida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Agentlikning viloyat filiali mas’ul xodimlari ishtirok etib, bitiruvchilarga davlat fuqarolik xizmati mazmun-mohiyati, vakant lavozimlarga o‘tkaziladigan adolatli va shaffof ochiq tanlovlar tartibi, bugungi kunda davlat xizmatidagi xodimdan talab etiladigan malakaviy kompetensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

- Bugungi ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad sohaga yoshlarni keng jalb etish, ularga davlat fuqarolik xizmati, kelgusida davlat xizmatidagi karera imkoniyatlari va ishga kirishda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida tushunchalar berishdir, - deydi filial mas’ul xodimi B.Davlatov. - Salohiyatli yoshlarning davlat xizmatida faoliyat yuritishi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar almashildi. Bitiruvchilarning sohaga oid barcha savollariga javob berildi. Bu kabi ochiq muloqotlar viloyatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazib borilmoqda.

Denov tumani hokimligi

Axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook YouTube

Yoshlar – davlat fuqarolik xizmati kelajagi mavzusida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar – davlat fuqarolik xizmati kelajagi mavzusida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Manba: t.me/dtpi_uz/35987

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish