Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xayrabod garnizoni harbiy qism komandiri, kapitan A.Aralov, institut profilaktika inspektori O.Toshtemirov, fakultet dekani M.Toshboboyev, dekan o‘rinbosari A.Ibragimov, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar giyohvandlikning inson salomatligi, yoshlar kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, uning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish va giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Manba: t.me/dtpi_uz/61624

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish