“Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlov doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi:
“Insho yozish”
“Rasm chizish”
“Qisqa videoroliklar”
“Sahna ko‘rinishi”
Tanlov jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarining bilimlari, ijodiy yondashuvlari hamda ijtimoiy faolliklarini namoyon etdilar. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faol ishtiroki, ijodkorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan “DIDAKTIKOS” jamoasi tanlov g‘olibi deb topildi hamda respublika ko‘rik-tanlovining keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55889