Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan davra suhbati
Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda institut profilaktika inspektorlari mayor O.Toshtemirov, leytenant S.Suvonova, Denov tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari mayor S.Menglimurodov, mayor B.Xolboyev, kapitan B.Safarov, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida giyohvandlik illatiga qarshi kurash, yosh avlodni bu illat ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moli hamda uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/32865