Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan kecha

Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan kecha

DTPIda atoqli o‘zbek shoiri, XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kecha talabalar davrasida samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilib, Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi, uning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan bo‘lib, bu yoshlarning madaniy savodxonligini oshirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni ijodga chorlovchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tadbir so‘ngida faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirilib, ularning mehnati e’tirof etildi.

Ushbu adabiy kecha barcha ishtirokchilar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi va Zulfiyaxonim ijodining yana-da keng targ‘ib etilishiga xizmat qildi.

DTPI Matbuot xizmati

Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan kecha

Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan kecha

Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan kecha

Manba: t.me/dtpi_uz/33922

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish