“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

Davra suhbati tashkil etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Mirzaqulov hamda institutning Tarix va falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchisi T.Xo‘janovalar tomonidan «Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik hissini shakllantirish» mavzusida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 1-kurs talabalari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tadbirda oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, shuningdek, bo‘limning murojaat manzillari to‘g‘risida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida talabalarga korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida videorolik qo‘yib berildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, “Aniq va tabiiy fanlar” fakultetining Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari, Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh. Mirzaqulov, bo‘lim bosh mutaxassisi Sh.Hamzaevlar qatnashdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy oqibatlari, uni oldini olish mexanizmlari va professor-o‘qituvchilarning bu boradagi mas’uliyati haqida, shu kabi o‘qitish jarayonlarida talabalarni bilimini baholashda adolatli bo‘lish lozimligini, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasliklari haqida batafsil ma’lumot va tushunchalarni berdi.

"Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari o‘qituvchilari ishtirokida profilaktik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Respublikamizda 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar "Aksilkorrupsiya oyligi" e’lon qilingan.

Mazkur oylik doirasida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlarii Sh.Mirzaqulov, Sh.Hamzaevlar tomonidan kafedra o‘qituvchilariga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida qatnashchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

Bu kabi profilaktik uchrashuvlar fakultetlar bo‘ylab davom etmoqda.

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

“Aksilkorrupsiya oyligi”: Komplaens nazorat bo‘limi davra suhbatlari va profilaktik tadbirlar

Manba: t.me/dtpi_uz (1), t.me/dtpi_uz (2), t.me/dtpi_uz (3)

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish