Bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish hamda fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

Bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish hamda fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Bolliyev tomonidan 4-kurs Qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishi talabalariga dala tajriba amaliyoti o‘tkazildi. Amaliyot davomida bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish, kichik tajriba bog‘ini tashkil etish hamda ushbu ekinlarda uchraydigan fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida:

Ko‘chat ekish agrotexnikasi (chuqur tayyorlash, ildizni to‘g‘ri joylashtirish, tuproqni zichlash) amalda bajarildi

Dastlabki sug‘orish va parvarish qoidalari ko‘rsatib berildi

Ildiz zonasidan tuproq namunalarini olish tartibi o‘rgatildi

Fitonematodalarni aniqlash uchun laboratoriya metodlari (Berman usuli) tushuntirildi

Talabalar bodom va xurmo o‘simliklarida uchraydigan ildiz tugunak nematodalari (Meloidogyne spp.) va ildiz chirish nematodalari (Pratylenchus spp.)ning zarari, ularni erta aniqlash va profilaktik choralarini o‘rganishdi.

Mazkur amaliyot nazariy bilimlarni mustahkamlash, ilmiy kuzatuv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelajak agronom-mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilm – tajriba bilan mustahkamlanadi.

Amaliyot – natijaga eltadi.

Bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish hamda fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

Bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish hamda fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

Bodom va xurmo ko‘chatlarini ekish hamda fitonematodalarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

Manba: t.me/dtpi_uz/51994

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish