DTPI jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi
13–14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi. Hasharda fakultet rahbariyati, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida fakultet hududini obodonlashtirish, daraxtlarga ishlov berish va ularni oqlash ishlari amalga oshirildi.
Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni yanada obod qilish bilan birga, jamoaviylik hamda tabiatga e’tibor ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



Manba: t.me/dtpi_uz/52813